21:49 / 29.04.2017
6 403

Qozog‘istonda haydovchi AYoQShda yirik yong‘in sodir etishiga bir bahya qoldi (video)

Qozog‘istonda haydovchi AYoQShda yirik yong‘in sodir etishiga bir bahya qoldi (video)
Qozog‘istondagi AYoQShlardan birida "Gazel" yuk mashinasining "o‘ta farosatli" haydovchisi yonilg‘i quyish vaqtida o‘zining mashinasi benzobakini yondirgich yordamida yoritmoqchi bo‘ldi. Buning oqibatida uning qo‘lidagi yoqilg‘i quyish shlangasi bir ondayoq alanga oldi. Haydovchi uni chetga uloqtirishi oqibatida yong‘in yon-atrofdagi mashinalarga ham o‘tgan deb yozadi Kun nashri.

Ko‘rinishicha, erkak dizel yoqilg‘isi quyayotgan bo‘lgan va shu sababli yong‘inni katta talofatlarsiz o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.

AYoQShdagi favqulodda o‘t o‘chirish tizimining o‘z vaqtida ishlashi hisobiga esa yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Ta’kidlanishicha, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonda haydovchi AYoQShda yirik yong‘in sodir etishiga bir bahya qoldi (video)