Turkmanistonda an’anaga ko‘ra bu yil ham aprel oyining oxirgi yakshanbasida turkman Axaltekin otlari kuni nishonlanmoqda deb xabar qilmoqda Kun nashri.
Ko‘rik-tanlov Ashxobod shahridagi ot sporti majmuasida o‘tkaziladi. Bu erda bayramona yasantirilgan otlar namoyish etiladi. Yurish g‘oliblari va sovrindorlari qimmatli sovrinlar, xorijiy markadagi avtomobillar bilan taqdirlanadi.
An’anaga ko‘ra marosimda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov boshchiligidagi hukumat korpusi ham ishtirok etadi.
Aprel oyida “Turkman tulpori kuni” milliy bayrami o‘tkaziladi. G‘olib taniqli olimlar, chet ellik ekspertlar hamda ot bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislardan iborat hay’at a’zolari tomonidan aniqlanadi.
Axaltekin zotli tulporlar go‘zallik tanlovi bilan birga rassomlar, haykaltaroshlar, zargarlar, fotosuratchilar, dizaynerlar va teleoperatorlar tomonidan yaratilgan, Axaltekin otlari aks etgan tasviriy san’at asarlari, suratlar, amaliy san’at namunalari hamda teleko‘rsatuvlar namoyishini o‘z ichiga olgan ijodiy asarlar tanlovi o‘tkaziladi. Bu bayram orqali xorijliklar e’tiborini yanada ko‘proq jalb etish ko‘zda tutilgan.
Zotdor otga Axaltekin nomining qo‘yilishida ikki so‘z asos bo‘lgan — Axal (Turkmanistondagi tarixiy viloyat) va teke (turkman qabilasi, Axal hududida yashovchilar).
Olimlar bu zotning qadimiyligi 5 ming yilni tashkil etishini aytishadi.
Turkmanistondagi Axaltekin otlarining soni 3 mingdan ortadi va bu otlar o‘zining zotdorligi, go‘zalligi, kelishgani bilan ajralib turadi.
Axaltekin otlari Turkmanistonda o‘ziga xos iftixor ramziga aylangan, davlat ramzining markazidan o‘rin olgan va qator xorijiy davlat rahbarlariga eng oliy hadya sifatida tortiq etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!