00:12 / 01.05.2017
6 639

Sukerberg kutilmaganda ohayolik oddiy oila davrasida mehmon bo‘ldi

Sukerberg kutilmaganda ohayolik oddiy oila davrasida mehmon bo‘ldi
Nyuton Fols shahrida yashovchi Deniel Mur va uning turmush o‘rtog‘i Liza milliarder Mark Sukerberg ularning uyiga mehmonga kelishidan 15 daqiqa oldin xabar topishdi. BBC shu haqida hikoya qildi deb yozdi Kun nashri.

Facebook asoschisi xodimlariga respublikachilar foydasiga o‘z fikrini o‘zgartirgan amerikaliklar bilan yaqindan tanishish istagida ekanini aytdi. Shundan so‘ng Sukerbergning ishchilari Murlar oilasini topishdi. Deniel Mur ikki marta Barak Obamaga ovoz bergan, biroq so‘nggi saylovlarda Donald Trampni faol qo‘llab-quvvatlagan.

Sukerberg ohayolik oilaga kelishidan avval ularga kechki ovqatga "90 foiz amerikalikni "o‘z mahsuloti bilan ta’minlovchi" kaliforniyalik juda badavlat filantrop kelishi" haqida xabar berishdi.

Kechki ovqat mahali nafaqat siyosat, balki xayriya mavzusidagi suhbat ham qizidi. Murlar oilasi Ugandadagi bolalar uyiga yordam berib keladi. Sukerberg ularga mablag‘ to‘plashga yordam berishni taklif qildi.

Ushbu tashrifdan keyin Sukerberg o‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasiga quyidagicha yozdi: "Hozirgina Ohayodan qaytdim. Den va Liza Murlarga iliq qabul va ajoyib kechki ovqat uchun rahmat!" Uy egasi bunga javoban milliarderga javob yozdi: "Tashrif uchun katta rahmat, Mark. Sen ajoyib insonsan".

Sukerberg shuningdek Ohayoda davolash kurslarini o‘tayotgan giyohvand moddalarga tobe’ kishilar bilan ham ko‘rishdi. Shundan so‘ng u mahalliy o‘t o‘chiruvchilar bilan tushlik qilish uchun Indianaga yo‘l oldi.

Facebook asoschisi bundan avval 50 shtatning barchasi bo‘ylab sayohat qilish niyati haqida gapirgan edi. Shundan keyin ba’zilarda Sukerberg siyosat bilan shug‘ullanmoqchi, degan taxminlar paydo bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sukerberg kutilmaganda ohayolik oddiy oila davrasida mehmon bo‘ldi