09:02 / 01.05.2017
7 123

Akulaga qarshi kurashuvchi fransiyalik qutqaruvchi akulaga em bo‘ldi

Akulaga qarshi kurashuvchi fransiyalik qutqaruvchi akulaga em bo‘ldi
Hayotini akulalarga qarshi kurashga bag‘ishlagan fransiyalik qutqaruvchi Tinch okeanidagi Reyunon orolida dengiz yirtqichining hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Qutqaruvchi belgilanmagan joyda serfing bilan shug‘ullanayotganida yo‘lbarsli akula hamlasiga duch keldi. Yirtqich hayvon qutqaruvchining o‘ng belini tishlab oldi. Olgan jarohatlari natijasida qutqaruvchi yarim soat ichida jon berdi.

Halok bo‘lgan qutqaruvchi akulalarning odamlarga hujum qilishlarining oldini olishga yordam beradigan Shark Watch Patrol tashkilotining faollaridan biri edi. Ma’lumotlarga qaraganda, u dengiz yirtqich jonivorilarining hayotini o‘rganar va suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirar edi.

Fransiyadagi Reyunon oroli ko‘plab akulalar hujumi tufayli dunyoning eng xavfli joylaridan biri hisoblanadi. Oxirgi 6 yil davomida 20 dan ortiq shunday hujumlar sodir bo‘lib, 9 kishi jarohat olib, keyinchalik halok bo‘lganlar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akulaga qarshi kurashuvchi fransiyalik qutqaruvchi akulaga em bo‘ldi