09:28 / 01.05.2017
7 849

Masjiddan o‘g‘irlangan ayfon

Masjiddan o‘g‘irlangan ayfon
Joriy yilning 26 aprel kuni soat taxminan 19:30 larda Toshkent shahridagi Gulbozor mahallasidagi joylashgan jom’e masjidida o‘g‘irlik sodir etildi deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddam sudlangan buxorolik M.N. (1995 yilda tug‘ilgan) ushbu mahalladagi Hoja Ahrori Valiy jom’e masjidi ichida qarovsiz qoldirilgan mobil telefonni olib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur telefon Iphone 6S rusumli bo‘lib, narxi 4 million so‘mni tashkil etadi va apparat toshkentlik M.A.ga tegishli edi. Toshkent shahar IIBB xodimlari o‘g‘rini daliliy ashyo bilan qo‘lga olishdi.

Ushbu holat bo‘yicha O‘R Jinoyat kodeksining 169-1-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Masjiddan o‘g‘irlangan ayfon