12:28 / 01.05.2017
8 237

Janubiy Koreyaga ishlashga jo‘natmoqchi bo‘lgan firibgar 1 million dollar ishlab oldi

Janubiy Koreyaga ishlashga jo‘natmoqchi bo‘lgan firibgar 1 million dollar ishlab oldi
1979 yil Farg‘ona tumanida tug‘ilgan Hayotbek Begaliev 1999-2008 yillar davomida Janubiy Koreyada ishlab kelib, Sharqshunoslik institutiga o‘qishga kiradi. Dastlab moddiy manfaatdorlik evaziga Janubiy Koreyaga ketuvchilarga test sinovlariga yordam beradi. Keyinchalik odamlarni Janubiy Koreyaga ishlashga jo‘natish, testlarda yordam berish va u erda ish bilan ta’minlash va’dasini berib ulardan jami million dollar pul oladi.

24post.uz yozishicha, No‘’monjon Arziqulov va Oybek Jamolovlar 100 ga yaqin odamdan 500-4500 dollargacha bo‘lgan miqdorda pora olib, Toshkentdagi Hayotbek Begalievga etkazib turishadi. Jamolov Hayotbek Begalievga138 ming AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m miqdorda pulni etkazib beradi. Aldangan fuqarolar arz qila boshlaydi.

Oybek Jamolov 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum etildi. Hayotbek Begalievga belgilangan tartibda jarima tayinlandi va fuqarolarning pullari undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Janubiy Koreyaga ishlashga jo‘natmoqchi bo‘lgan firibgar 1 million dollar ishlab oldi