Hindistondagi shosselardan birida harakatlanayotgan ikki yo‘lovchi avtobusi haydovchilari o‘zaro kimo‘zar tashkil etishdi. Ushbu hodisa videosi Youtube saytiga joylashtirilgan.
Videolavhalarda avtobuslardan biri katta tezlikda ajratib turuvchi yo‘lakni bosib o‘tib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanishni davom ettirganini ko‘rish mumkin.
Mahalliy hukumat ushbu video e’lon qilinganidan so‘ng, surishtiruv ishlarini olib borib, aybdor haydovchilarining haydovchilik guvohnomalarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi, deb yozadi The Times of India.
Nashrga ko‘ra, haydovchilarning bunday tez harakatlanishiga yo‘lovchi kompaniyalari tomonidan soatiga kamida 40 km masofani bosib o‘tish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib sabab bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda tirbandlik yuqori bo‘lgani tufayli buni bajarish oson ish emas, shunday ekan, haydovchilar imkoniyat bo‘ldi deguncha, maoshlarini boy bermaslik uchun shoshilishadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi