Toshkent shahridagi chorrahalarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari tez orada respublikaning boshqa viloyatlarida ham tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Xalqaro press-klub tashkilotchiligida bo‘lib o‘tgan brifingda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliev xabariga tayanib “Qalampir.uz” sayti ma’lum qildi.
“Biz Toshkent shahrida kameralarni o‘rnatgach, olti oy sinov tariqasida ishlatdik. Ungacha kuniga 40 mingtagacha qoida buzilardi. 15 martda 8600 ta holat qayd etildi. Hozir kuniga o‘rtacha 1100-1400 atrofida kuzatilmoqda”, deydi Saydaliev.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston tarixida ilk marta Ichki ishlar vaziri jurnalistlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi