21:14 / 02.05.2017
6 545

Non orasida sigareta olib chiqmoqchi bo‘lgan ayol bojxonachilar tomonidan fosh etildi

Non orasida sigareta olib chiqmoqchi bo‘lgan ayol bojxonachilar tomonidan fosh etildi
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tamaki mahsulotlarini yashirin ravishda olib chiqish maqsadida bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilishga bo‘lgan navbatdagi urinishni fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati katta inspektori Husan Tangriev xabar berdi deb yozadi Darakchi nashri.

Gap shundaki, “Toshkent-Istanbul” reysi bo‘yicha parvozga otlangan poytaxtlik Xushnoda Yarasheva xorijda pullash uchun ko‘zlangan 2 turdagi 550 quti sigaretlarni bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqish maqsadida ularni nonlar orasiga yaxshilab bekitadi va ko‘rinib qolmasligi uchun elim skotch yordamida yaxshilab o‘raydi. Ammo, nazorat-rentgen apparati ekranida ushbu sigaretlar kaftdek aks etishini qoidabuzar inobatga olmagan edi.

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan chet ellik fuqarolarga O‘zbekistonga kirib kelish vaqtida bojxonaga taqdim etilgan deklarasiyaga muvofiq respublikaga olib kirgan valyutasi miqdoridagi naqd xorijiy valyutani bojxona bayonnomasida yozma qayd etish sharti bilan olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

Ammo, mazkur tartiblarga rioya qilmay, respublikamizdan naqd xorijiy valyutalarni yashirin yo‘llar bilan olib chiqishga urinayotgan qo‘shni davlat fuqarolari ham uchrab turibdi.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Qarshi-Kerki” chegara-bojxona posti xodimlari naqd xorijiy valyutalarning yashirin olib chiqilishiga doir bir nechta bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi.

Turkmaniston Respublikasi fuqarosi B.Bobonazarov ham 2150 AQSh dollarini yashirincha olib chiqish uchun noutbuk uchun mo‘ljallangan sumkada ko‘z ilg‘amas bo‘shlig‘iga bekitgani bojxona ko‘rigi davomida fosh etildi.

Uning yurtdoshi S.Pirxanova esa bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida 650 AQSh dollarini bagaj tutkichlari orasiga yashirgancha olib chiqib ketayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Bundan tashqari, qo‘shni davlat fuqarolari G.Abdiromovaga ham 600 AQSh dollarini yashirincha olib chiqish rejasi naf bermadi.

Eslatib o‘tamiz, muqaddam ayni shu postda oyoq kiyimlarining ichki qismiga qo‘shni davlat fuqarolari X.Gulboyev 2200 AQSh dollarini, S.Djumamuradova esa 500 AQSh dollarini yashirgancha olib chiqishga uringani haqida xabar berilgan edi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Ta’kilash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etilsa, ular ham umumiy asoslarda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishadi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonunbuzarlik holatlari misolida oladigan bo‘lsak, Qashqadaryo viloyatidan qo‘shni davlatga naqd xorijiy valyutalarning yashirincha olib chiqishga uringan xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga asosan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, ya’ni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan usullardan foydalanganliklari uchun endilikda sud xukmiga binoan ushbu naqd xorijiy valyutalar musodara qilinib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima chorasi qo‘llaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Non orasida sigareta olib chiqmoqchi bo‘lgan ayol bojxonachilar tomonidan fosh etildi