21:24 / 02.05.2017
8 361

Surxondaryodagi bog‘chadagi holat yuzasidan aybdorlar o‘z jazosini olgani ma’lum qilindi

Surxondaryodagi bog‘chadagi holat yuzasidan aybdorlar o‘z jazosini olgani ma’lum qilindi
Bugun “Zo‘r TV” telekanali studiyasida xalqaro press klubning “Ichki ishlar tizimidagi islohotlar: xalq bilan muloqot” mavzuida tashkil etilgan navbatdagi sessiyasida Ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Azizov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Jurnalist Surxondaryo viloyatining Denov tumanida kunduzi bolalarni ayovsiz jazolaydigan tunda esa fohishaxonaga aylantiriladigan bolalar bog‘chasi xodimlari qanday jazoga tortilganligi haqidagi savolga javob berdi.

Ichki ishlar vaziri mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani hamda ular ustidan sud bo‘lib, hukm o‘qilgani va barcha aybdorlar o‘ziga tegishli jazosini olganini ma’lum qildi deb yozadi Darakchi nashri.

Shuningdek, vazir ayni damda maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilarining hamda maktab o‘quvchilarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini, deyarli har kuni ichki ishlar idoralari mas’ullari ta’lim dargohlariga tashrif buyurib, xavfsizlik masalalari ta’minlayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek ayni damda maktablarni markaziy qo‘riqlash pultlariga ulangani va videokuzatuv kameralari asosida nazoratda ekanligini ham qayd etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryodagi bog‘chadagi holat yuzasidan aybdorlar o‘z jazosini olgani ma’lum qilindi