Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyevni "Avaza" milliy sayyohlik zonasiga tashrif buyurish hamda shiddat bilan rivojlanayotgan dengiz kurorti imkoniyatlariga baho berishni taklif qildi. Turkmaniston Davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, 1 may kuni Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhammedov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida Turkmaniston prezidenti shunday tashabbus bilan chiqqan. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.
Shuningdek Turkmaniston rahbari Kaspiy dengizi sohilida joylashgan sog‘lomlashtirish markazlari, kottej majmualari va hashamatli mehmonxonalar o‘zbekistonliklarga xizmat ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi. Dengizning yod, brom kabi mikroelementlarga boyligi, hudud havosidagi foydali fitonsidlar inson salomatligi uchun muhim ekani alohida qayd etildi.
Bundan tashqari, Gurbanguli Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyevga Bolqon viloyatida hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning Turkmanistonga tashrif haqidagi taklifini qabul qilgan va tashrif sanasi diplomatik yo‘llar orqali kelishilishi ta’kidlangan, deyiladi Turkmaniston prezidenti matbuot xizmatida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi