09:50 / 03.05.2017
8 816

103 yoshli urush faxriysi nonga zor bo‘lgan yillar haqida gapirib berdi

103 yoshli urush faxriysi nonga zor bo‘lgan yillar haqida gapirib berdi
Ikkinchi jahon urushining suronli yillarida xalqimiz ochlik tashvishlarini ko‘rgani haqiqat. Bunga tarixning o‘zi guvoh. Bir burda nonni jon qadar azizlab kelgan bobolarimiz, momolarimiz nonni umrning aziz ne’mati sifatida qadrlashlari ham shundan. Ana shu lahzalarga guvoh bo‘lgan urush faxriysi, Marg‘ilonlik 103 yoshli Imomnazar ota Qurbonov ham ko‘zda yosh bilan taqdirning og‘ir yillarini yodga oladi. Nabiralarini shukronalikka chorlaydi deb yozadi Kun.uz nashri.

O‘sha vaqtlarni juda ayanch bilan esga olaman. Bolalarim dada non deb ko‘z yosh to‘kishganida, nima qilarimni bilmay qolganman. Boshqalardan yordam olay desam ular ham xuddi men kabi yordamga muhtoj. 1933 yillarni eslaydigan bo‘lsam o‘sha vaqtlarda tongi 07 00 da chiqib qora non kelishini navbatga turib soatlab kutib o‘tirar edik. Kech 18 larga qadar non kutganlarimiz esimda. Bugunchi hammayoq bisyor. Men shukur aytaman – deydi Imomnazar Qurbonov.

Non isi betakror. Non ham non, ushog‘i ham non, deyishgandan isrofidan-uvolidan qo‘rqqin bolam, degan hikmatni o‘qiymiz. Ushog‘inida ko‘ziga to‘tiyo qilishga odatlangan xalqimiz mudhish urush zahrini unuta olmaydi va tinchlikka shukur qilib yashaydi. Aslida nonning yaratilishini o‘zi bir mo‘’jiza. Zamin sahovati ila birlashgan bobodehqon mehnatidan keyin nonvoy mahorati bilan tandir to‘lib yopiladi non. Tandirdan chiqqan bo‘rsildoq nonlar dasturxonimiz ko‘rki. Mehmonning hurmati va izzati ham shu non bilan.

Subhidamda lovullagan tandirga bosh suqib non yopayotgan insonning o‘z ishiga muhabbati kishining zavqini keltiradi. Hademay bu xushta’m nonlar el dasturxoniga tortiq etiladi. Manzurboy Ubaydullaev ko‘p yillardan beri shu hunarni e’zozlab kelmoqda. U bu qutlug‘ an’anani davom ettirayotgan sulola vakili. Ko‘plab shogirdlarning ustozi.

Manzurboy Ubaydullaev non yaratishning behisob jihatlari va uslublarini ustoz-shogirdlik an’analariga tayanib ko‘plab yoshlarga o‘rgatishni odat qilgan. Non saxovat timsoli. Ta’bir joiz bo‘lsa, ne’matlar ichida ulug‘i hamdir.

Imomnazar ota Qurbonov bir asrdan ziyod umr ko‘ryaptiki, urush yillarini, bir parcha qora non bilan Vatan himoyasini muqaddas bilganliklarini hali hanuz unutgani yo‘q. Dasturxon atrofida dilbandlari davrasida urushning achchiq haqiqatlarini so‘zlar ekanlar, nonga zor bo‘lgan bolalik yillarini hamon eslaydi. Tinch va osuda hayotda yashash orzusi ushalganidan baxtiyor otaning tilida ham dilida ham bir tilak – urushning nomi o‘chsin, dunyoni non isi tutsin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 103 yoshli urush faxriysi nonga zor bo‘lgan yillar haqida gapirib berdi