20:48 / 03.05.2017
7 027

Navoiy shahriga tayinlangan yangi hokim 22 km yo‘lni piyoda bosib o‘tdi

Navoiy shahriga tayinlangan yangi hokim 22 km yo‘lni piyoda bosib o‘tdi
Navoiy shahriga yangi hokim etib Umarbek Xalilov tayinlangani haqida xabar bergan edik deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Yaqinda Umarbek Xalilov prokuratura organlari, ichki ishlar idoralari xodimlari, shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari va boshqa turli mutasaddi idoralar rahbarlari bilan birgalikda Navoiy shahar hududidan o‘tuvchi "O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli temir yo‘l atroflarini piyoda yurib, bu erdagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shu kuni shahar hokimi 22 kilometrlik yo‘lni piyoda bosib, temir yo‘l atrofidagi erlarni tozalab, saranjom-sarishta qilish va bu hududni ko‘rganda ko‘zlarni quvnatuvchi holatga keltirish lozimligi haqida mas’ul kishilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari, shu atrofda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar rahbarlari va aholi yashash uylari holati ham ko‘zdan kechirilib, ushbu binolarni tartibga keltirish zarurligi ta’kidlandi va ularning tashqi ko‘rinishini zamonaviy holatda ta’mirlash vazifalari topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiy shahriga tayinlangan yangi hokim 22 km yo‘lni piyoda bosib o‘tdi