22:29 / 03.05.2017
14 575

Bolani xorijga olib chiqish uchun ota-onalardan birining ruxsati talab qilinmaydi

Bolani xorijga olib chiqish uchun ota-onalardan birining ruxsati talab qilinmaydi
Xalqaro press-klub doirasida “Ichki ishlar tizimida islohotlar: xalq bilan ochiq muloqot” mavzuida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi deb yozadi Darakchi nashri.

Tadbir doirasida jurnalistlar voyaga etmagan bolalar uchun ruxsat olish tartiblari to‘g‘risidagi savol bilan murojaat qilishdi.

IIV Boshqarma boshlig‘i polkovnik Toshxo‘jaev chet elga ota-onalardan biri bilan voyaga etmagan bolaning chiqishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi tartibga tushuntirish berdi.

“Bolaning vaqtincha mamlakatdan chiqishi uchun ota-onalardan birining ruxsati shart emas. O‘quv muassasalarida imzolangan zaruriy hujjatlar, voyaga etmagan bolaning surati va pasporti kifoya. Ikkala ota-onaning ham roziligi faqat bolani butunlay olib chiqib ketishga tegishli. Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan ota-onalardan birining ruxsati talab qilingan holatlarda fuqarolar IIV ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolani xorijga olib chiqish uchun ota-onalardan birining ruxsati talab qilinmaydi