Foto: Akimat YuKO.
Janubiy Qozog‘iston viloyatidan O‘zbekistonga "Do‘stlik karvoni" keldi, deb ma’lum qildi Kun.uz sayti.
O‘zbekistonga Qozog‘istondan kelgan 50 oqsoqol qozoq jamoat arbobi Tole bining Toshkentdagi qabrini ziyorat qilishadi, Amir Temur va Yalangto‘sh Bahodirning Samarqanddagi maqbalari, Buxorodagi Bahouddin Naqshbandiy me’moriy majmuasi bilan tanishadilar.
"Do‘stlik karovoni" vakillari O‘zbekistondagi Baynalmilal madaniyat markazi, qozoq madaniyat markazi va boshqa tarixiy-madaniy markazlarga tashrif buyurib, u erda mahalliy aholi bilan uchrashadilar.
Ushbu tadbir Qozog‘iston xalqi assambleyasi va O‘zbekiston Baynalmilal madaniyat markazi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu memorandum O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyida Qozog‘istonga rasmiy tashrifi davomida imzolangandi.
Memorandumda ikki davlat o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ta’limiy, ilmiy va axborot sohalarida hamkorlik, xalq diplomatiyasini mustahkamlash va rivojlantirish hamda ikki xalqni yaqinlashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi