Kecha, 3 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2017-2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi deb yozadi Qalampir.uz.
Qarorda qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2017-2021 yillar mobaynida 42 ta yangi gidroelektrostansiyalar qurilishi va 32 ta amal qilayotgan GESlarni zamonaviylashtirish rejalashtirilgan.
Respublikada gidroenergetika rivojlanishining quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilangan:
- qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan yangi generasiya quvvatlari yaratish va mavjud quvvatlarni yangilash;
- har taraflama asoslangan ilmiy-texnik echimlar asosida katta, o‘rta, kichik va mikro GESlar qurish bilan Respublika gidroenergetika quvvatini oshirish;
- Respublika suv manbalariga har tomonlama ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- boshqa davlatlar bilan chegara hududlarida joylashagan suv manbalariga oid xalqaro shartnomalar asosida qabul qilingan majburiyatlarni to‘liq bajarish;
Prezident qarori Respublika energetika balansida qayta tiklanadigan energiya manbalari miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish va shuning asosida ekologik toza generasiya manbalarini yaratish, mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro tajribani hisobga olib, suv manbalaridan samarali foydalanish, energetika manbalarining o‘zaro muvofiqligini oshirish va shuning hisobidan aholi va korxonalarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!