12:36 / 04.05.2017
16 427

Yodgor Sa’diyev va Zokir Almatov umra safarida bo‘lishdi

Yodgor Sa’diev va Zokir Almatov umra safarida bo‘lishdi
O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev hamda sobiq Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov kichik haj – umra safarida bo‘lishdi. Bu haqda “Imkon shou” boshlovchisi Ahror Qo‘shmatov Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lum qildi va ularning safardagi rasmini joyladi deb xabar berdi Qalampir.uz.

Ma’lumot uchun, Almatov Zokir Almatovich 1949 yil 10 oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1991 yildan 2006 yilgacha O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2006 yil 5 yanvarda iste’foga chiqqan. 2016 yil 20 dekabrdan O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasi raisi sifatida ishlab kelmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev “Shaytanat” serialidagi Asadbek roli bilan mashhur bo‘lgan. U 1946 yil 12 iyunda Toshkentda tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yodgor Sa’diyev va Zokir Almatov umra safarida bo‘lishdi