12:52 / 04.05.2017
6 333

Ramzan Qodirov futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvida oyog‘idan jarohatlandi

Ramzan Qodirov futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvida oyog‘idan jarohatlandi
Chechen respublikasi rahbari Ramzan Qodirov maxsus otryadning “Terek” jamoasi bilan futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida oyog‘idan jarohatlandi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Bu haqda siyosatchi o‘zining Instagram sahifasida xabar qoldirdi.

“Ilgari biz tez-tez g‘alaba qozonardik, bu maxsus otryad jamoasiga yoqmagan ko‘rinadi. Bu safar ular umuman yangi usulni qo‘llashdi, kutilmaganda oyoqdan chalishdi! O‘rnimdan turganimda aktyor Andrey Mironov aytganday “gipsga” ko‘zim tushdi. Shunda maydonda ulardan uzoqroqda yurishim kerakligini angladim. Baribir 5:2 hisobi bilan bizning jamoa g‘alaba qozondi! Futbol o‘ynang! G‘alabaga erishing! Maydondan gipssiz chiqib ketishga harakat qiling!”, - deb yozdi Ramzan Qodirov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ramzan Qodirov futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvida oyog‘idan jarohatlandi