15:43 / 04.05.2017
10 493

Novosibirsklik ayolning uyiga zaharli ilon kirib oldi

Novosibirsklik ayolning uyiga zaharli ilon kirib oldi
Rossiyaning Novosibirsk shahar munisipial avariya-qutqaruv xizmati xodimlari mazkur shaharda yashovchi ayolning uyiga kirib olgan zaharli ilonni tutdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Ishdan qaytgan ayol kvartirasida o‘rmalab yurgan ilonni ko‘rib, qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi. Himoya vositalari bilan qurollangan qutqaruvchilar sudralanuvchini paketga solib, hayvonot bog‘iga olib ketishdi. Novosibirsk shahar hayvonot bog‘i xodimlarining so‘zlariga qaraganda, ilon zaharliga o‘xshagan. Bu narsa ilonning qaysi turga mansubligi aniqlangandan keyin ma’lum bo‘ladi. Ilonning qanday qilib kvartiraga kirib qolgani sirligicha qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Novosibirsklik ayolning uyiga zaharli ilon kirib oldi