18:31 / 04.05.2017
11 785

Toshkentda kollej o‘quvchisi jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Toshkentda kollej o‘quvchisi jinoyat ustida qo‘lga tushdi
Joriy yilning 1 may kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida soat taxminan 12:00 larda muqaddam sudlangan Sh.A. (2000 yilda tug‘ilgan) Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 32-uy oldidagi erosti o‘tish yo‘lagida talonchilik sodir etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u ushbu yo‘lakda o‘tib ketayotgan yakka tadbirkor D.K. dan (1998 yilda tug‘ilgan) qo‘l telefonini berib turishni so‘ragan. Qo‘ng‘iroq qilib bo‘lib, qaytarishini aytgan. Keyin esa narxi 270 000 so‘mlik mobil aloqa vositasini talonchilik bilan olib qochayotgan paytda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-3-a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda kollej o‘quvchisi jinoyat ustida qo‘lga tushdi