Andijon viloyatida avtomashinalarning salonida o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olish maqsadida ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilish sabablari va ularni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganilib, jinoyatlarni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ushbu turdagi jinoyatlarni kelib chiqishiga avtomashina egalarini o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomashinalarini avto turargohlarda emas, xilvat va harakat kam bo‘lgan joylarda qarovsiz va uning salonida moddiy boyliklari bilan birga qoldirib ketishlari asosiy omil bo‘lmoqda.
Bunday turdagi jinoyatlarning oldini olish va o‘g‘rilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlab, ularga jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasining xodimlari tomonidan “Tuzoq” tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunday tadbirlardan biri 2017 yil 25 aprel kuni soat 12-30 larda Andijon shahri Yu.Otabekov ko‘chasida joylashgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi oldida o‘tkazildi. Tadbir vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan alohida kuzatuv ostida turgan 60 D 220 AA davlat raqam belgili oq rangli “Neksiya” rusumli avtomashina salonida bo‘lgan moddiy boyliklarni o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan Mavlon Alixonov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) avtomashinani qaychi yordamida eshik qulfini buzish yo‘li bilan ochib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir etayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Bunday tadbirlar viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham o‘tkazilishi davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi