Foto: Nike
Nike kompaniyasi sport bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan jinsilar yaratilgani haqida ma’lum qildi. The Marketwatch'da xabar berilishicha, kompaniya tegishli patent olish uchun ariza bergan.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, innovasion jinsi matosi namlikka chidamli va mustahkamdir. Modellar legins va jinsi aralashmasi hisoblanadi.
"Oddiy jinsi mato nisbatan mustahkam va chidamli bo‘ladi, lekin u sport mashg‘ulotlari, ayniqsa ekstremal sport turlari uchun muhim bo‘lgan elastiklik va boshqa xususiyatlarga ega emas. Biz buni to‘g‘irlaymiz", - dedi kompaniya vakili.
Nike kompaniyasiga 1964 yilda AQShda asos solingan va dastlab u Blue Ribbon Sports deb atalgan. Uning shtab-kvartirasi Oregon shtatidagi Biverton shahrida joylashgan. Kompaniya Nike Golf, NikeLab, Nike Pro, Nike+, Air Jordan va Nike Skateboarding brendlari ostida ham mahsulotlar ishlab chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?