13:04 / 06.05.2017
6 547

Toshkent shahar hokimi amaldorlar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda

Toshkent shahar hokimi amaldorlar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda
Kecha, 5 may kuni Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov boshchiligida selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Selektorda asosan shahar hududi bo‘yicha 25 ta yo‘nalish borasida hisobot muhokama qilindi, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.

Xususan, ko‘p qavatli uylar tomini umumiy ta’mirlash, ko‘p qavatli uylarni joriy va pod’ezd oldi yo‘laklarni ta’mirlash, ko‘p qavatli uylardagi xizmat ko‘rsatuvchi liftlar ish holatini yanada rivojlantirish, uylarning tashqi tarafi, erosti kommunikasiya va bolalar maydonchalarini ta’mirlash ishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kommunal to‘lovlar, noqonuniy qurilmalarni buzish masalalari ham alohida ta’kidlandi.

Hokim o‘z so‘zida ta’kidlaganidek, 4 may kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida Yunusobod tumani hududi tekshirilganida bir nechta noqonuniy qurilmalar borligi aniqlandi. Mazkur qurilma egalari chaqirilganda aslida bu binolar hukumat, davlat rahbarlari va yuqori mansabdorlarga tegishli ekani oydinlashdi. Rahmonbek Usmonov tuman hokimlariga o‘z hududidagi, mansabi va lavozimidan qat’i nazar, noqonuniy qurilmalarni buzib tashlashga ko‘rsatma berdi.

25 ta yo‘nalish bo‘yicha hisobotlar tinglanganda eng yomon ko‘rsatkich Yashnobod tumanida ekani qayd etildi. Bundan tashqari, tumanlar ko‘rsatkichlari har xilligi, shundan kelib chiqib, ish bir xil tashkillashtirilmagani alohida ta’kidlandi.

Joriy yilning 8 mayidan boshlab haftasiga 2 marta – seshanba va juma kunlari selektor yig‘ilishi o‘tkaziladigan bo‘ldi. Har bir tumanning 4 ta sektor rahbariga: hokim, prokuror, IIB va DSI boshliqlariga biriktirilgan hududlar ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lishi topshirildi.

48 daqiqa davom etgan yig‘ilishda iyun oyidan boshlab hokimlik va OAV xodimlari o‘rtasida maxsus ishchi guruh tuzish aytildi. Ular aynan yuqori mansab egalari, amaldor, muassasa, korxona, idora rahbarlari istiqomat qiladigan uy va uy atrofidagi hududlarni obodonlashtirishga qo‘shgan hissalarini maxsus nazorat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimi amaldorlar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda