15:30 / 06.05.2017
15 762

Peterburgda o‘zbek o‘zbekni zo‘rlab, tashlab ketdi

Peterburgda o‘zbek o‘zbekni zo‘rlab, tashlab ketdi
Peterburg yonidagi shaharchalardan biriga aylangani chiqqan o‘zbekistonlik erkak o‘z vatandoshini tajovuzkorona zo‘rlagan, so‘ng mashinadan itarib tashlab ketgan. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar qildi.

Janubiy Kronshtad yo‘lida yalang‘och yotgan qizni bir avtomobil haydovchisi payqab qolib, unga yordam ko‘rsatish uchun to‘xtagan va polisiya xodimlariga xabar bergan.

35 yoshli o‘zbekistonlik ayol polisiya xodimlariga barcha tafsilotlarni aytib bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining vatandoshi bilan “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida tanishib, gaplashib yurgan. Ozodbek ismli erkak uni uchrashuvga taklif etgan. Keyin tajovuz qilib, mashinadan uloqtirib yuborgan.

Hozirda ayolning sog‘ligi yaxshi, uni mahalliy shifoxonaga etkazishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Peterburgda o‘zbek o‘zbekni zo‘rlab, tashlab ketdi