15:49 / 06.05.2017
8 326

Andijon viloyat hokimi Ruslan Chagaevga to‘n kiydirdi

Andijon viloyat hokimi Ruslan Chagaevga to‘n kiydirdi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon viloyatidagi harbiy qismlar va huquqni muhofaza qilish idoralari maxsus bo‘limlaridan iborat jamoalar o‘rtasida xizmat uchkurashi viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda sportning suzish, yugurish, o‘q otish turlari bo‘yicha sportchilar birinchilik uchun o‘zaro kurash olib bordilar. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.

Bugun, 6 may kuni Andijondagi Olimpiya zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan tantanali tarzda topshirildi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi tadbirda ishtirok etgan boks bo‘yicha jahon chempioni, Andijon farzandi Ruslan Chagaevga milliy to‘n va do‘ppi kiydirdi.

"Men mana shu yurtda unib-o‘sib, muvaffaqiyatlarga erishganimdan doimo faxrlanaman. Meni jahonga tanitgan ona yurtimga va xalqimga doimo ta’zimdaman", dedi Ruslan Chagaev.

Tadbir yakunida Ruslan Chagaevning yosh sportchilar hamda boks muxlislari bilan jonli suhbati bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon viloyat hokimi Ruslan Chagaevga to‘n kiydirdi