19:47 / 06.05.2017
10 185

Plastik operasiyadan so‘ng qiz og‘zini ocha olmay qoldi

Plastik operasiyadan so‘ng qiz og‘zini ocha olmay qoldi
22 yoshli turkiyalik Merve Kelesh lablarini to‘g‘rilashni xohladi va internetdan topgan jarrohga murojaat qildi. Og‘iz plastikasi qizni tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yubordi, deb yozdi Qalampir.uz sayti.

Uning lablari juda kuchli shishib ketgani oqibatida Merve og‘zini ocha olmay qoldi. Jabr ko‘rgan qizni shifoxonaga jo‘natishdi, lekin bu bilan voqea nihoyasiga etmadi.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, qizni operasiya qilgan jarroh Soner ijtimoiy tarmoqlarda Ozarbayjonda shu soha bo‘yicha ta’lim olgani haqida ma’lumot qoldirgan. Biroq qiz ustidan shikoyat qilganidan so‘ng u aslida sartarosh ekanini, Merve Kelesh esa shunchaki undan pul undirmoqchi ekanini ta’kidlagan.

Qizni hozirgacha davolashning iloji bo‘lmayapti, chunki vrachlar o‘zini jarroh deb atagan Soner qizning labiga qanday modda yuborganini aniqlay olishmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Plastik operasiyadan so‘ng qiz og‘zini ocha olmay qoldi