16:19 / 08.05.2017
7 236

“Toshkentlik terminator” O‘zbekistonga keldi

“Toshkentlik terminator” O‘zbekistonga keldi
Kuni kecha O‘zbekiston velosiped sporti Federasiyasi taklifiga binoan mashxur velosipedchi, Xalqaro toifadagi sport ustasi, Jamoliddin Abdujabborov poytaxtimizga etib keldi, deb yozadi Hilol.uz. Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Abdujabborov 1964 yil 28 fevralda Toshkentda tug‘ilgan.

Professional sportchilik faoliyati davomida velosport olamining eng nufuzli musobaqalari - "Tur de Frans" poygasining 9-bosqichi, Italiyada o‘tkaziladigan "Djiro d' Italiya" musobaqasi 1-bosqichi, "Vuelta"ning 7-bosqichi, Jahon velopoygasi 5-bosqichlarida zafar quchgan.

O‘z vaqtida “Toshkentlik terminator” nomi bilan mashhur bo‘lgan hamyurtimiz shuningdek, nufuzli bir kunlik velopoygalarning ko‘p bora sovrindori, "Tur de Frans" musobaqalarida 1991, 1993, 1994-yillarda ochkolar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, 1994-yilgi "Djiro d'Italiya" hamda 1992-yilgi "Vuelta" ko‘pkunlik poygalarida sovrindor bo‘lgan. U o‘z vaqtidan dunyoning velosiped sporti bo‘yicha eng yaxshi sportchilaridan biri bo‘lgan.

Jamoliddin Abdujabborov katta sportdagi faoliyati davomida "Alfa Lyum" (1990), "Karrera" (1991 - 1992), "Lyampre" (1993), "Polti" (1994), "Novelli" (1995), "Refin" (1996), "Lotto" (1997) kabi professional jamoalar tarkibida ko‘plab nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Professional sportdagi faoliyatini 1997 yilda yakunlagan.

Yurtdoshimiz hozirda ham dunyo velosipedchilari, sport murabbiylari va sport ixlosmandlari o‘rtasida katta obro‘ga ega, hozirda uning murabbiy sifatidagi xizmatlariga dunyoning ko‘pgina davlatlarida qiziqish bor. Uni sportning ushbu turi bo‘yicha etuk analitik mutaxassis sifatida hurmat qilishadi.

Poytaxtimizga uyushtirgan tashrifi davomida Jamoliddin Abdujabborov Milliy olimiya qo‘mitasida ham mehmon bo‘ldi. Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov bilan uchrashuv davomida Abdujabborov O‘zbekistonda velosiped sporti taraqqiyotiga hissa qo‘shish, mamlakatimiz bo‘ylab iqtidorli bolalarni aniqlash, terma jamoalar uchun seleksiya ishlarini kuchaytirish, ularni xalqaro musobaqalarga olib chiqish, bir so‘z bilan aytganda mamlakatimizda velosportni yanada rivojlantirish borasida o‘z yordamini ayamasligi ma’lum qildi.

Shuningdek, bu borada O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston velosiped sporti Federasiyasi bilan bevosita hamkorlik qilish taklifini kiritdi. O‘z navbvatida Oybek Omilovich mashhur sport yulduziga bunday taklif uchun minnatorchilik izhor etib, o‘zaro hamkorlik har tomonlama foydali bo‘lishi va bu eng avvalo yurtimizda velosiped sportini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirishga zamin yaratishini ta’kidlab o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Toshkentlik terminator” O‘zbekistonga keldi