10:11 / 09.05.2017
6 331

Putin KGBdagi sobiq rahbarini ziyorat qildi

Putin KGBdagi sobiq rahbarini ziyorat qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘alaba kuni munosabati bilan SSSR davlat xavfsizligi qo‘mitasining Germaniya demokratik respublikasidagi sobiq vakili, Drezdenda o‘ziga boshliq bo‘lgan Lazar Matveevni ziyorat qildi va uni 90 yoshi bilan tabrikladi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Uning Julebinodagi uyiga Putin bilan birga sobiq hamkasblari Nikolay Tokarev (hozirda «Transneft» kompaniyasi rahbari) va Sergey Chemezov (hozir «Rostex» boshqaruvchisi) ham tashrif buyurgan.




Vladimir Putin Matveevga prezidentlik soati hamda «Pravda» nashrining 1927 yil 8 mayda chiqqan sonini sovg‘a qilgan.


Kreml saytidagi rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Putin 1985-1990 yillarda GDRda tashqi razvedka bo‘yicha Drezden bo‘limida faoliyat yuritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putin KGBdagi sobiq rahbarini ziyorat qildi