Video: Yirik aviakompaniya rahbariga tort bilan hujum qilishdi

  • 09 may 2017, 22:03
  • 3 513
  • Jamiyat
  • Video: Yirik aviakompaniya rahbariga tort bilan hujum qilishdi
    Noma’lum shaxs Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi ijrochi direktori Alan Joysning yuziga biznes-anjuman vaqtida tort surtib tashladi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

    Hodisa Pert shahridagi tadbirda ro‘y bergan, Joys u erda Qantas tomonidan tashkillashtiriluvchi parvozlar haqida ma’lumot bergan.

    Internetda tarqalgan videoda kostyum kiyib olgan erkakning sahnaga chiqib, Joysga yaqinlashishi va uning yuziga tortni bosishini ko‘rish mumkin.

    Notiq sahnani tark etdi, biroq keyinchalik o‘z nutqini yakunlab qo‘yish uchun pidjaksiz qaytib keldi, deb xabar bermoqda ABC.

    Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, tadbirning xavfsizlik xizmati xodimlari aybdorni qo‘lga olishdi hamda polisiyaga topshirishdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Video: Yirik aviakompaniya rahbariga tort bilan hujum qilishdi