18:34 / 10.05.2017
10 780

Endi akademik liseyni bitirganlar ham ishga joylashishi mumkin

Endi akademik liseyni bitirganlar ham ishga joylashishi mumkin
Hududiy bandlik tuzilmalarini, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning muvozanatini tanqidiy tahlil qilish asosida, shuningdek, akademik liseylar bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirilishini inobatga olib, kelayotgan o‘quv yiliga qator o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qayta ixtisoslashtiriladi, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.

Tasdiqlangan qabul qilish kvotalariga binoan 2017/2018 o‘quv yilida mamlakatimizning akademik liseylari va kasb-hunar kollejlari umumta’lim maktablarining 467 019 nafar bitiruvchisini qabul qiladi. Shu tariqa, umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari respublikamizdagi akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga to‘liq qamrab olinadi.

Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 1.05.2017 yildagi 251-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida nizom”ga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida guruhlarni to‘ldirish quyidagicha tabaqalandi: akademik liseylarda — 26 nafargacha, kasb-hunar kollejlarida — 30 nafargacha o‘quvchilar doirasida.

Shuningdek, akademik liseylar bitiruvchilariga diplom bilan birgalikda maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat berilishi belgilandi. Mazkur hujjat lisey yoki kollejni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom bilan bir qatorda OTMga o‘qishga kirish yoki ishga joylashish huquqini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi akademik liseyni bitirganlar ham ishga joylashishi mumkin