11:50 / 11.05.2017
7 531

Terminal o‘rnatmagan sotuvchilar jazoga tortilmoqda

Terminal o‘rnatmagan sotuvchilar jazoga tortilmoqda
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib borilayotgan tekshirishlarda savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sub’ektlari tomonidan nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish, tushumlarni bank kassalariga topshirmasdan yashirish, to‘lov shaklidan kelib chiqib narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, hisob-kitob terminalidan foydalanish qoidalarini buzish holatlari aniqlanmoqda.

Misol uchun, Namangan viloyatining Namangan tumani davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan “Bekjon” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli savdo shoxobchasida o‘tkazilgan qisqa muddatli soliq tekshiruvida, mijoz tomonidan amalga oshirilgan to‘lov uchun 16 ming so‘mga xarid cheki berilmagani, shoxobchaga nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminali o‘rnatilmagani hamda shoxobcha g‘aznasida 106,8 million so‘m miqdoridagi naqd savdo pullari borligi aniqlanib, chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qoidabuzarlarga nisbatan tegishli choralar qo‘llanilgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Terminal o‘rnatmagan sotuvchilar jazoga tortilmoqda