13:01 / 12.05.2017
8 245

Putin — dunyoning eng sportchi prezidenti!

Putin — dunyoning eng sportchi prezidenti!
Figurali uchish bo‘yicha ikki karra olimpiya chempioni Evgeniy Plyushenko Tungi xokkey ligasining gala-matchidan so‘ng Vladimir Putinni dunyoning eng zo‘r sportchi prezidenti, deb atadi, deya xabar berdi xorij nashrlariga asoslanib Darakchi.uz.

Sobiq sportchi Instagtam sahifasiga quyidagi so‘zlarni yozdi:
“Biz “Xokkey afsonalari” gala-matchida Tungi terma xokkey ligasiga yutqazdik. Bugun ilk marotaba yutqazganimiz alam qilmadi, chunki prezidentimizning jamoasi g‘alabaga erishdi. Vladimir Vladimirovich mohirona tarzda oltita shayba kiritdi. Haqiqatan ham prezidentimiz ulug‘ odam va dunyoning eng zo‘r sportchi prezidentidir!”

Uchrashuv Sochi shahrining “Bolshoy” muz saroyida 10 may kuni bo‘lib o‘tdi va tarkibida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya xokkey terma jamoasining sobiq xokkeychilari Pavel Bure va Valeriy Kamenskiylar bo‘lgan “Xokkey afsonalari” jamoasining 17:6 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mazkur jamoa Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan tuzilib, uning tarkibi sobiq xokkeychilardan iboratdir. Rossiya prezidentining o‘zi ham liganing gala-matchlarida 2012 yildan beri ishtirok etib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putin — dunyoning eng sportchi prezidenti!