Toshkent shahar Yakkasaroy tumani ichki ishlar xodimlari 4 yoshli farzandini pullayotgan ona hamda unga bu niyatini amalga oshirishda bevosita yordamlashgan va xaridor topib bergan vositachi ayolni qo‘lga olishdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, toshkentlik fuqaro qashqadaryolik ayolga farzandini sotish yo‘li bilan pul ishlashni taklif qilgan. Bunda vositachi dastlab bolani 2 ming AQSh dollariga sotishga uringan. Biroq, savdolashish chog‘ida uning narxi ming dollargacha tushirilgan.
IIBBga kelib tushgan xabar asosida ko‘rilgan tezkor tadbir natijasida ikkala ayol ham voqea joyida ushlangan. Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi 135-moddasi, 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda bola Toshkent shahar IIBB qoshidagi reabilitasiya markazida bo‘lib turibdi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi