22:05 / 12.05.2017
6 845

16 maydan qarzdorlarning avtomobillari jarima maydonchasiga jo‘natiladi

16 maydan qarzdorlarning avtomobillari jarima maydonchasiga jo‘natiladi
Joriy yilning 16 mayidan boshlab YHQ bo‘yicha to‘lanmagan jarimalar uchun avtomobillar jarima maydonchalariga jo‘natiladi.

Ushbu chora shahar chorrahalaridagi videokuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan qoida buzilishlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Bu haqda Toshkent IIBB boshg‘ig‘ining o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev payshanba kuni o‘tkazilgan haftalik brifingda ma’lum qildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, “xushxabar xati”ni olishlari bilanoq avtomobil egalari jarimani 60 kun davomida to‘lashlari lozim, aks holda mashina jarima maydonchasiga jo‘natiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 16 maydan qarzdorlarning avtomobillari jarima maydonchasiga jo‘natiladi