07:31 / 13.05.2017
6 140

Latviyalik parashyutchi dunyoda birinchi bo‘lib drondan sakradi (Video)

Latviyalik parashyutchi dunyoda birinchi bo‘lib drondan sakradi (Video)
Latviyalik parashyutchi Ingus Augstkalns dunyoda birinchi bo‘lib drondan sakrashni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri. Ushbu tryuk 12 may kuni Latviyaning Amata o‘lkasida amalga oshirildi.

Dastlab Augstkalns havoga ko‘tarilgan drondan osilib turgan trosga ilashib olish uchun 120 metrli telekommunikasiya ustuniga ko‘tarildi. So‘ngra kvadrokopter parashyutchi bilan birga 330 metrga ko‘tarilgan va parashyutchi sakrashni amalga oshirgan.

Dron Aerones kompaniyasi tomondan ishlab chiqarilgan bo‘lib, 28 ta dvigatel bilan jihozlangan. Dron buning evaziga 200 kg gacha yukni ko‘tara oladi. Bunday dronlarni qutqaruv ishlarida, yong‘inlarni o‘chishirda hamda sport va ko‘ngilochar sohalarda qo‘llash mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Latviyalik parashyutchi dunyoda birinchi bo‘lib drondan sakradi (Video)