13:35 / 13.05.2017
8 213

Toshkentdagi norasmiy valyuta bozorlaridan 500 ming dollar musodara qilindi

Toshkentdagi norasmiy valyuta bozorlaridan 500 ming dollar musodara qilindi
Toshkentda 2017 yil boshidan buyon umumiy qiymati 500 ming dollardan ortiq xorij valyutasi noqonuniy aylanmadan olib qo‘yildi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.

"2017 yil boshidan buyon departament xodimlari tomonidan 364,5 ming AQSh dollari, 11,7 ming evro, 663,4 ming Rossiya rubli, 227,4 ming qozoq tangasi hamda 1,3 milliard so‘mga teng boshqa xorijiy valyutalar musodara qilindi. Musodara qilingan pullarning umumiy qiymati 500 ming AQSh dollaridan oshadi", — deb xabar qildi Bosh prokuratura vakili.

Departament ma’lumotiga ko‘ra, yil boshidan buyon 177 ta noqonuniy xorijiy valyuta sotish holati qayd etilgan. 31 holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 146 ta holatda ma’muriy jazo choralari ko‘rilgan.

Respublika qonunchiligiga muvofiq, valyuta qiymatlariga noqonuniy egalik qilish yoki ularni fuqarolar tomonidan sotish qonunan jazolanadi – eng kam ish haqining besh baravarigacha (MB kursi bo‘yicha 200 dollar atrofida) jarimadan tortib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

O‘zbekistonda 2013 yil 1 yanvardan aholiga erkin konvertasiyadagi valyutani naqd ko‘rinishda sotish taqiqlangan. Jismoniy shaxslar xorijiy valyuta sotib olish uchun respublika tijorat banklarida xalqaro Visa yoki MasterCard Exchange tizimlarida maxsus konversion plastik kartalarni olishlari lozim.

O‘zbekistonda hozirda xorijiy valyutani almashtirishning bir nechta kurslari mavjud. O‘zbekiston Markaziy banki belgilagan rasmiy kurs bo‘yicha bir dollar 3734,91 so‘mga teng. Shuningdek, bir dollar 10 ming so‘m atrofida belgilangan birja kliring kursi ham mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi norasmiy valyuta bozorlaridan 500 ming dollar musodara qilindi