15:48 / 13.05.2017
7 517

O‘zbekistonda ajrashish holatlariga nima sabab bo‘lmoqda?

O‘zbekistonda ajrashish holatlariga nima sabab bo‘lmoqda?
2017 yil 11 may kuni Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Sud ijrochilarning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirokida Uchtepa tumani Abdulla Qodiriy mahallasida profilaktika tadbiri o‘tkazildi, deb ma’lum qiladi Kun.uz nashri.

Mazkur tadbirda 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan hududiy boshqarma va sud ijrochilarining mavjud aliment undiruvlari bo‘yicha qarzdorliklarni oldini olish, mavjudlarini bartaraf etish borasida huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbirda yig‘ilganlarga sud departamenti Toshkent shahar boshqarmasi faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ajrashish holatlarining 18 foizi oilalardagi kelishmovchiliklar, 22 foizi o‘zaro muxabbatning yo‘qligi, fe’l atvorning to‘g‘ri kelmasligi, qolganlari esa ro‘zg‘ordagi muammolar er yoki xotinning kasalligi, eng achinarlisi, ayrim yigitlarning ichkilikbozlik, giyohvandlikka berilib ketishi, qaynona va kelin munosabatlarining buzilishi natijasida kelib chikadi.

Raqamlarga murojaat qilinadigan bo‘lsa, Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi ish yurituvida 2017 yil 31 mart holati bo‘yicha jami 20024 ta alimentdan qarzdorlik holati qayd etilgan.

Sud ijrochilari tomonidan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha oxirgi 3 yil davomida taqqoslaydigan bo‘lsak, qarzdorlarga nisbatan 2014 yilda jami 41 ta fuqaroga, 2015 yilda 39 ta fuqaroga 2016 yilda jami 35 ta fuqaroga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq, voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 122-moddasiga binoan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida to‘lamaslik eng kam oylik ish haqining 50 barobarigacha miqdorida jarima, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq jazosi bilan jazolanadi.

Yig‘ilish so‘nggida fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi va ba’zi murojaatlar joyida hal qilindi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlar hamkorligida hal qilish masalasi qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ajrashish holatlariga nima sabab bo‘lmoqda?