21:49 / 14.05.2017
6 759

Sidneylik erkak tamaddixonaga vertolyotda tashrif buyurdi (Video)

Sidneylik erkak tamaddixonaga vertolyotda tashrif buyurdi (Video)
Avstraliyalik erkak tamaddixonadan o‘z buyurtmasini olish uchun u erga vertolyotda tashrif buyurdi. U bu harakati bilan qonunni buzgan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Sidneyning shimolidagi tumanlardan birida yashovchi odamlar antiqa holat guvohi bo‘ldilar: tamaddixona yonida odatdagidek mashinalar o‘rniga vertolyot "qo‘nim topdi". Vertolyot uchuvchisi undan chiqib, tamaddixonadan buyurtmasini olib, yana uchib ketdi.

Avstraliya fuqarolik aviasiyasi Parvozlar xavfsizligi boshqarmasida ta’kidlanishicha, texnik jihatdan uchuvchi tamaddixona egasidan ruxsat bo‘lgandagina qonunni buzmagan holda tamaddixona hududiga qo‘nishi mumkin edi.

Ayni vaqtda boshqarma uchuvchining harakatlari qanchalik qonunga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha tergov olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sidneylik erkak tamaddixonaga vertolyotda tashrif buyurdi (Video)