14:43 / 15.05.2017
6 836

Shavkat Mirziyoyev "Bir makon, bir yo‘l" xalqaro forumida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev "Bir makon, bir yo‘l" xalqaro forumida nutq so‘zladi
Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» forumi 15 may kuni o‘z ishini davom ettirdi, deb xabar beradi O‘zA.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari mazkur forumning ahamiyati, uni takomillashtirish va rivojlantirish masalalari haqida so‘z yuritdi.

Yurtimiz qadimdan jahon sivilizasiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati misli ko‘rilmagan darajada yuksaldi. O‘zbekistondagi iqtisodiy taraqqiyot mustahkam makroiqtisodiy asos yaratilganidan dalolat beradi. Xorijiy sarmoyadorlarning faol va erkin ish yuritishi uchun keng qulayliklar yaratilgan. Bunday imtiyoz va imkoniyatlar xorijliklarning O‘zbekistonga qiziqishini tobora oshirmoqda.

Qadimda turli mintaqalarning o‘zaro aloqasida Buyuk ipak yo‘lining roli beqiyos bo‘lgan.

Buyuk ipak yo‘li nafaqat hududlar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki davlatlar va qit’alar o‘rtasida axborot almashuvini ta’minlashga xizmat qilgan, yangi mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari tarqalishida, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajargan va shu tariqa sivilizasiyalararo muloqot uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Bugun bu yo‘lning qayta tiklanishi deb baholanayotgan «Bir makon, bir yo‘l» loyihasi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo va investisiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish, transport va kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, madaniyat sohalarida hamkorlik salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

"Bir makon, bir yo‘l" loyihasi rivojlangan davlatlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish, rivojlanayotgan, iqtisodi taraqqiyot bosqichida bo‘lgan mamlakatlarga yordam berishni ham nazarda tutadi.

“ Forumda ko‘plab davlatlar va hukumatlar rahbarlari ishtirok etmoqda. Bu tashabbusning keng tarqalishiga imkon beradi. Bu global ahamiyatga ega g‘oyadir, – deydi Tailand tashqi ishlar vaziri Don Paramudvina. – Mazkur tashabbusga O‘zbekistonning ham qo‘shilgani katta ahamiyatga ega. Mamlakatingizning xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib bormoqda. Ko‘plab davlatlarning etakchi firma va kompaniyalari mamlakatingizga sarmoya kiritmoqda. O‘zbekiston rivojlangan davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirmoqda”.

O‘zbekistonning barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyoti, qulay jo‘g‘rofiy joylashuvi, zamonaviy transport kommunikasiyalari, sarmoya jalb etish bo‘yicha puxta va ishonchli strategiyasi ko‘plab davlatlar ishbilarmonlarining hamkorlikka qiziqishini oshirmoqda.

Forum bugun o‘z ishini yakunlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev "Bir makon, bir yo‘l" xalqaro forumida nutq so‘zladi