Kecha, 14 may kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani IIBBga poytaxtdagi “Samarqand darvoza” savdo majmuasiga portlash moslamasi o‘rnatilgani haqida xabar kelib tushdi, deb yozadi Qalampir.uz.
Ishonchli manbalarimizning xabar berishicha, o‘sha ayol avvaliga 102 raqamiga telefon qilgan. Uning xabariga ko‘ra, savdo markazining 3-qavatida ikki hijobli ayol supermarketga portlash moslamasi o‘rnatilgani haqida gaplashayotganini eshitib qolgan.
Xabar kelib tushishi bilan IIV va Toshkent shahar IIBB xodimlari hamda Shayxontohur IIBBning tezkor guruhi, maxsus bo‘linmalar savdo markaziga etib kelishdi. U erdan tinch aholi va savdo markazi xodimlari darrov evakuasiya qilinib, portlash moslamasini izlashga tushishgan.
Qidiruv ishlari yakuniga etgach, hech qanday moslama o‘rnatilmagani aniqlandi. Noto‘g‘ri ma’lumot bergani uchun ushbu fuqaroga nisbatan O‘R Jinoyat kodeksining 277- moddasi, 1-bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi