20:56 / 15.05.2017
9 377

Mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari turlari belgilandi

Mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari turlari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 maydagi №264-sonli qarori ilovasiga muvofiq endilikda quyidagi mansabdor shaxslarga intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari.
2. Vazirlar va vazirlarning o‘rinbosarlari.
3. Davlat qo‘mitalari raislari va ularning o‘rinbosarlari.
4. Agentliklar, qo‘mitalar, markazlar, davlat inspeksiyalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat organlari va davlat tashkilotlari rahbarlari
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va uning o‘rinbosarlari.
7. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari.
8. Xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari.
Yuqoridagi ro‘yxatda nomlari keltirilgan mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l quyilgan aybli harakat(harakatsizlik) uchun quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
hayfsan;
lavozim maoshining ellik foizigacha miqdorda jarima;
mehnat shartnomasining to‘xtatilishi (lavozimdan ozod qilish).

Yuriskonsult Xurshid Ravshanov

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari turlari belgilandi