14:38 / 16.05.2017
8 068

MXX pora so‘ragan davlat kadastri mutaxassisini qo‘lga oldi

MXX pora so‘ragan davlat kadastri mutaxassisini qo‘lga oldi
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti xodimlari Beshariq tumani er resurslari va davlat kadastri bo‘limi mutaxassisi Zoir Oltmishov va uning hamtovog‘i – “Jasurbek T” fermer xo‘jaligi rahbari Tohir Esonovni pora olish chog‘ida qo‘lga olishdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Milliy xavfsizlik xizmati idoralariga Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida yashovchi fuqaro “A.D” ariza bilan murojaat qilgan. Uning ta’kidlashicha, “Jasurbek T” fermer xo‘jaligi rahbari T.Esonov undan 16 sotix er olib berish uchun 5,5 ming AQSh dollarini talab qilgan.

Tezkor xodimlar ushbu ariza asosida maxsus amaliyot o‘tkazishdi, uning davomida T.Esonov 5,4 ming dollar va 800 ming so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlandi.

"Dastlabki tergov jarayonida Esonov ushbu summa Beshariq tumani er resurslari va davlat kadastri bo‘limi mutaxassisi Z.Oltmishovga mo‘ljallangani, u arizachiga 16 sotix er ajratish uchun tegishli hujjatlarni taqdim etishi kerak bo‘lganini xabar qildi. Qo‘lga olingan shaxs o‘z so‘zlarini tasdiqlash maqsadida hamtovog‘iga pul mablag‘larini nazorat ostida berishga rozi bo‘ldi", - deya ta’kidlab o‘tdi MXX vakili.

Natijada Oltmishov tama qilingan summani olish chog‘ida ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Z.Oltmishov va T.Esonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 (Firibgarlik) va 211 (Pora berish) moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MXX pora so‘ragan davlat kadastri mutaxassisini qo‘lga oldi