22:21 / 17.05.2017
12 272

Lox-Ness ko‘lida yana maxluq paydo bo‘ldi (Video)

Lox-Ness ko‘lida yana maxluq paydo bo‘ldi (Video)
Shotlandiyaning Lox-Ness ko‘lida yana afsonaviy maxluq paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Maxluq oxirgi marta ko‘lda 2016 yilning avgust oyida ko‘zga tashlangan edi.

Mazkur kadrni 7 may kuni uelslik sayyoh Rob Jons videoga oldi. Videoda uzun bo‘yinli maxluqning sayr qilish uchun mo‘ljallangan katerning yonidan suzib o‘tganini ko‘rish mumkin. Ko‘lda ro‘y beradigan hodisalarni rasman qayd etuvchi Geri Kempbell ancha vaqtdan beri ko‘rinmay ketgan maxluqning yana paydo bo‘lishi yaxshilik alomati emasligini ma’lum qildi. O‘tgan yili maxluq XXI asr uchun rekord darajada, 10 marotaba ko‘zga tashlangan. Uning har bir paydo bo‘lishini kameralar qayd etgan. Bularning barchasiga smartfon va veb-kameralarning keng tarqalgani sababdir.

Kempbellning arxivida 1996 yildan beri Lox-Ness ko‘li maxluqining jami 1082 marotaba paydo bo‘lgani aks etgan materiallar mavjud.

Ijtimoiy tarmoqning aksariyat foydalanuvchilari mazkur videoga ishonchsizlik bilan qarashdi. Ularning fikricha, videoda maxluq emas, suzib ketayotgan xoda aks etgan. Boshqalar esa bu narsa ko‘proq sayyohlarni jalb etish uchun o‘ylab topilgan aldov, degan fikrni bildirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lox-Ness ko‘lida yana maxluq paydo bo‘ldi (Video)