Farg‘ona va Jizzaxda “qaroqchi” tadbirkorlar faoliyati fosh qilindi

  • 18 may 2017, 11:39
  • 7 005
  • Jamiyat
  • Farg‘ona va Jizzaxda “qaroqchi” tadbirkorlar faoliyati fosh qilindi
    Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mualliflik huquqlarini qo‘pol ravishda buzishga uringan “qaroqchi” tadbirkorlar faoliyati fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar berdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

    Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga “Farg‘ona” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan yurtdoshimiz D.Rahmonov boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, xorijda ishlab chiqarilgan 5400 dona SD disklar yashirilgani aniqlandi.

    Qonunbuzar kelgusida turli film va konsertlarni noqonuniy usulda ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan ushbu disklarga tegishli bironta ham hujjatlarni bojxonachilarga taqdim qila olmadi.

    Shuningdek, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham hamkorlikdagi tadbirlar davomida kontrafakt disklarning ichki bozorlarimizda noqonuniy sotilishiga doir holatlarni fosh qilishdi. Xususan, Jizzax tumanida fuqaro Akmal Qosimovning noqonuniy qilmishiga chek qo‘yildi.

    Amaldagi tartiblarga muvofiq uning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, bu erda hech qanday hujjatlarsiz, tegishli davlat idoralaridan lisenziya olmasdan turib, turli film, konsert va boshva mavzudagi materiallar uy sharoitida ko‘paytirib, so‘ngra bozorlarga chiqarib kelingani aniqlandi.

    Tezkor tadbir davomida xonadonda 3135 dona har xil formatdagi turli teleserial, badiiy va jangari filmlar, klip, konsert hamda qo‘shiqlarni kontrafakt usulda DVD va CD disklarga yozib, sotish uchun tayyorlab qo‘yilgani hamda ularni ko‘paytirish uchun ishlatilgan kompyuter jamlanmalari va har xil rangli bo‘yoqlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

    Hozirda ushbu holatlar yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Farg‘ona va Jizzaxda “qaroqchi” tadbirkorlar faoliyati fosh qilindi