15:02 / 18.05.2017
6 635

Endi avtobuslar har kuni ertalab soat 04:30 dan boshlab soat 24:00 gacha ishlaydi!

Endi avtobuslar har kuni ertalab soat 04:30 dan boshlab soat 24:00 gacha ishlaydi!
Endi avtobuslar har kuni ertalab soat 04:30 dan boshlab soat 24:00 gacha ishlaydi!
Toshkent shahar hokimining 2017 yil 12 maydagi 578-sonli qaroriga asosan Xosil Xusanovich Xalmatov “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi, deb yozadi Hordiq.uz.
X.Xalmatov raisligida 2017 yilning 13 va 14 may kunlari jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari va yo‘lovchi tashuvchi yo‘nalishlar sardorlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Yig‘ilishlarda “Toshshahartransxizmat” AJning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilab olindi, jumladan:
— yo‘lovchi tashish transportida xavfsizlikni ta’minlash;
— aholining yo‘lovchi tashishga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish;
— yo‘nalishlarda avtobuslar muntazamligini ta’minlash;
— aholidan kelib tushayotgan ariza va shikoyatlardan kelib chiqib, avtobuslarning tasdiqlangan ish rejimi va tasdiqlangan jadval bo‘yicha, ya’ni ertalab soat 04:30 dan boshlab soat 24:00 gacha ishlashini ta’minlash;
— nosoz avtobuslarni zudlik bilan ta’mirlash va ulardan yo‘lovchi tashishda samarali foydalanish;
— avtokorxonalardagi barcha ishchi-xodimlarning, shu jumladan farrosh, chilangar, haydovchilar va chiptachilarning oylik maoshini oshirish va ularni mehnatiga qarab munosib rag‘batlantirishni ta’minlash;
— haydovchi va chiptachilarning yo‘lovchilarga bo‘lgan muomala madaniyatini yuksaltirish;
— haydovchilarga qulay mehnat sharoitini yaratish, ularga eng qulay va sifatli meteriallardan kiyim-bosh tiktirish va boshqalar.
Shuningdek, jamiyat raisi v.v.b. X.Xalmatov boshqaruv raisining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari M.Valievga va “Toshyo‘lovchitransxizmat” UK direktori A.Kadirovga tegishli idoralar bilan kelishgan holda va qonun doirasida, yo‘lovchilarning oylik yo‘l chiptasidan foydalanishlarini ommalashtirish, oylik yo‘l chiptalarining sotilishini ko‘paytirish maqsadida 10 minginchi oylik yo‘l chiptasi egasiga mikroto‘lqinli pech, 30 minginchiga – televizor, 50 minginchiga – muzlatgich, 100 minginchiga – “Matiz” avtomobili, 150 minginchiga – “Neksiya-3” avtomobili, 200 minginchiga – “Malibu” avtomobili, 300 minginchiga – “Kaptiva” avtomobili, 500 minginchiga – ko‘p qavatli uylardan 2 xonali xonadon yutuq sifatida berilishi bo‘yicha taklif ishlab chiqishni topshirdi. Bu esa o‘z navbatida aholini moddiy rag‘batlantirishga jamiyatning hissasi ham qo‘shilishini, ularni shahar yo‘lovchi transportidan foydalanishga yanada undashini ta’kidladi.
“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.Xalmatov tomonidan yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish hamda shahar yo‘lovchi transportining ishini yanada yaxshilash, boshqaruv va ish olib borish tizimini tubdan o‘zgartirish, sohani rivojlantirish bo‘yicha asoslangan takliflar kiritish yuzasidan korxona rahbarlariga 10 kun muddat berildi. Mazkur vaqt ichida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni uddalay olmagan korxona rahbarining egallab turgan lavozimiga loyiqlik masalasi ko‘rib chiqilishi ta’kidlab o‘tildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi avtobuslar har kuni ertalab soat 04:30 dan boshlab soat 24:00 gacha ishlaydi!