15:32 / 18.05.2017
10 468

Navalniy Alisher Usmonovga kutilmagan javob qaytardi

Navalniy Alisher Usmonovga kutilmagan javob qaytardi
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy milliarder Alisher Usmonovga javob videomurojaati bilan chiqdi hamda uni o‘z faoliyatini boshlayotgan videobloger, deb atadi.
«Hurmatli, Alisher Burhonovich Usmonov, albatta, men javob beraman va sizning qanday muttaham ekaningizni bandlar bo‘yicha shaxsan o‘zingizga eslataman, hamda qolganlarga ham aytib beraman. Sizni ishontirib aytishim mumkinki, mening so‘zlarim ancha ishonarli chiqadi», — dedi Navalniy o‘z videosida.
Shuningdek Navalniy yaqin vaqt ichida tadbirkorga o‘zining to‘la javobini berishi haqida ham va’da bergan.
Avvalroq Alisher Usmonov “Korrupsiya bilan kurash fondi” asoschisi, siyosatchi Aleksey Navalniyga videomurojaat bilan chiqqani haqida xabar bergandik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navalniy Alisher Usmonovga kutilmagan javob qaytardi