07:34 / 19.05.2017
7 356

Rossiya O‘zbekistonga xalol mahsulot etkizib beradi

Rossiya O‘zbekistonga xalol mahsulot etkizib beradi
Asel Minbaeva. Qozonda bo‘lib o‘tgan Russia Halal Expo ko‘rgazmasida istalgan turdagi go‘sht mahsulotlarini topish mumkin: bu erda parhez kurka go‘shtidan tansiq ot go‘shtigacha bor. Xaridorlarning esa keti uzilmaydi. Bu haqda Sputnik Uzbekiston nashri xabar bermoqda.

Sotuvchilar aytishiga qaraganda “Halol” belgisi qo‘yilgan mahsulotlarni faqat musulmonlar emas, ko‘pchillik sotib olishga tayyor. Go‘shtni qayta ishlash korxonasi menedjeri Guzali Xarullovaning fikriga ko‘ra, buning sababi, odamlarni “halol” mahsulotlarining yuqori sifatli ekanligidir.

“Halol mahsulotlarning asosiy belgisi, bu – uarning sifatidir. Olimlar aniqlashiga qaraganda, musulmoncha uslubda, qonini to‘liq chiqarib so‘yilgan jonivor go‘shti – odam organizmi uchun eng foydali go‘sht ekan”, — deydi Xarullova.

Halol kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex xodimi Gulsen Badaeva, mahsulot narxi 5-10% qimmat bo‘lishiga qaramasdan, Belorussiyaga halol mahsulotlar etkizib berish hajmi oshayotganini qayd etdi.

“Ularning o‘zlari bizning mahsulot bilan qiziqib, murojaat qilishdi. Biz Qozog‘istonga ham eksport qilamiz. Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistonda ham musulmon aholi ko‘p bo‘lgani tufayli, bizning u mamlakatlar bozorlariga ham qiziqishimiz bor”, — dedi Badaeva.

Agrofirma menedjeri Ayrat Gatiyatullin ham O‘rta Osiyo aholisiga parhez kurka go‘shti etkizib berishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya korxonalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan raqobat qilishga tayyor.

“Biz Qozog‘iston bozoriga diqqat bilan qarayapmiz, undan keyin Qirg‘izistonga. U erning bozorini bo‘sh deb bo‘lmaydi, lekin biz u erga bormoqchimiz. Har bir mahsulotning o‘z xaridori bor”, — deyidi tadbirkor.

“Halol” standartini saqlash bo‘yicha Nazorat bo‘limi direktori Alimjan Galeev aytishiga qarganda, Rossiyada mahsulot haqiqatdan ham musulmonlar talabiga javob berish-bermasligini aniqlash uchun juda katta ishlar qilinmoqda.

“Buning uchun nafaqat tayyor mahsulotlar balkim ishlab chiqarish sharoitlari ham nazorat qilinmoqda. Rastalarda “halol” belgisi qo‘yilgan mahsulotlar laboratori tekshiruvidan o‘tkazilmoqda”, — deydi Galeev.

Galeev aytishiga qaraganda, ba’zan umuman musumonlar talabiga javob bermaydigan mahsulotlar ham uchrab turadi. Bunday mahsulotlar haqida musulmonlarni ogohlantirish uchun maxsus sayt ham ishlab turibdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya O‘zbekistonga xalol mahsulot etkizib beradi