Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida hafta davomida Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 17 560 ta, chorahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 8 078 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, deb yozadi Qalampir nashri.
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, kameralar orqali aniqlangan qoidabuzarliklarning 4201 tasi svetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish, 3877 tasi tezlikni belgilangan me’yordan oshirish deb qayd etildi.
Shuningdek, hafta davomida 22 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, halok bo‘lganlar 5 nafarni, jarohatlanganlar 17 nafarni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, 2017 yilning 15 mart kuni videokuzatuv kameralari o‘rnatilganidan buyon 198 ta YTH sodir bo‘lgan, ushbu hodisalar natijasida 27 nafar odam halok bo‘lgan, 225 nafari jarohatlangan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan yo‘l-transport hodisalari 91 taga, unda jarohatlanganlar 117 taga, vafot etganlarning soni esa 20 taga kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?