21:28 / 19.05.2017
6 977

Moskvada uch o‘zbek pul talab qilib o‘z yurtdoshini kaltaklab mashina yukxonasiga qamab qo‘ydi (video)

Moskvada uch o‘zbek pul talab qilib o‘z yurtdoshini kaltaklab mashina yukxonasiga qamab qo‘ydi (video)
Moskvadagi Kursk vokzalida O‘zbekistondan kelgan yigitni pul talab qilishib barchaning ko‘z o‘ngida kaltaklashdi va mashina yukxonasiga tiqishdi. Kursk vokzalida yuz bergan hodisa haqida guvohlar polisiyaga zudlik bilan xabar qilishgan, deb xabar qildi "Sof.uz" nashri.

"Yiqilib tushdim. Hujjatim yo‘q. O‘zbekistondanman. Lekin hammasi yaxshi, ichmaganman, aqlim joyida", — dedi Paveleskiy maydonida avtoinspektorlar tomonidan Ford Galaxy yukxonasidan chiqarilgan yigit.

Mashina salonida uch nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. Tezkor ma’lumotlarga qaraganda, ular o‘z yurtdoshlaridan pul talab qilishgan, lekin uning puli bo‘lmagan.

Qo‘lga olinganlarning barchasi vaqtincha qamoqqa olindi, voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moskvada uch o‘zbek pul talab qilib o‘z yurtdoshini kaltaklab mashina yukxonasiga qamab qo‘ydi (video)