14:03 / 20.05.2017
7 799

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonida Tramp bilan tushlik qiladi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonida Tramp bilan tushlik qiladi
Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz ol-Saudning taklifiga binoan Arab-musulmon mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari sammitida ishtirok etadi.

Sammitda AQSh, Afg‘oniston, Pokiston va qator arab davlatlari rahbarlari ishtirok etadi. Unda dunyoning jami 50dan ortiq mamlakati vakillari qatnashadi.

Sammit davomida AQSh prezidenti Donald Tramp sammit ishtirokchilari bilan birga tushlik qilishi rejalashtirilgan.

Tramp o‘zining xorijga ilk safari davomida musulmon mamlakatlari rahbarlaridan ekstremizmga qarshi kurashishni so‘rashini bildirgandi.

"Men musulmon mamlakatlari rahbarlari bilan islom terrorizmi va ekstremizmiga qarshi kurashish borasida suhbatlashan", — degandi u ilgariroq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonida Tramp bilan tushlik qiladi